16- noyabr kuni abdumalikovich (https://t.me/abdumalikovich_uzb/8531)telegramm ijtimoiy tarmog’ida tarqalgan xabarda aytilgan Zafarobod tuman hududidan o’tuvchi Davlat ahamiyatidagi 4R-37 «Jizzax sh,- Chimqo’rg’on q.- 4R-36» avto/yo’li. yuzasidan Jizzax viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladi: Davlat ahamiyatidagi 4R-37 «Jizzax sh -Chimqo’rg’on q.- 4R-36» avtomobil yo’li 1970 yillarda qurilgan bo’lib, 8-10 tonna Yuk tashish avtomobillarga mo’ljallangan. 22-40 km oralig’idagi avtomobil yo’lida 2010- yil Sardoba suv ombori quriliishiga xarsangtosh
materiallarini tashish uchun 25-40 tonnalik yuk tashuvchi avtomobillar o’tishi natijasida va bundan tashqari Zafarobod tuman hududida 2 ta yirik sement zavodi va bir nechta
qurilish materiallarini qazib oluvchi karyerlar mavjud bo’lib, ulardan olib chiqilayotgan qurilish materiallari og’ir vaznli 40-90 tonnalik yuk avtomashinalari serqatnovligi sababli ta’mir talab holatga kelib qolgan.
Joriy yilda 4R-37 «Jizzax sh.-Chimqo’rg’on q -4R-36» avtomobil yo’lida (14-40km)
3,3 ming m2 (304 tn) asafaltobeton qoplamasi yotqizilib chuqurchalarini (Yamalarni) hamda yo’lni cho’kkan joylarini qum-shag’al aralashmasi yordamida to’ldirish ishlari bajarilgan.