Jizzax shahrida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Estimated read time 1 min read


Sharof Rashidovning Jizzax shahridagi haykali poyiga Jizzax viloyat va shahar hokimliklari hamda davlat tizimidagi muassasalar vakillari shuningdek, Jizzax viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ham hurmat bajo keltirib, gulchambarlar qo‘yildi.
Darhaqiqat, o‘zbek xalqining buyuk farzandi
Sharof Rashidov 1917 yil 6 noyabr kuni Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topgan. 1934 yil Jizzax pedagogika texnikumini, 1941 yil Samarqand dorilfununini tugatgan. 1959-1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasining Birinchi kotibi bo‘lib ishlagan.

You May Also Like

More From Author