Bugun 7-noyabr kuni Jizzax viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqi»ning Namunaviy qoidalarini tushintirish yuzasidan targ’ibot o‘quv-seminari o’tkazildi.


Ushbu Qarorning mazmun mohiyatini Davlat xizmatchilari o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali xodimlari tomonidan davlat xizmatchisi faoliyatidagi odob-axloq qoidalari, davlat xizmatchilarining ishda va ishdan tashqari vaqti hamda davlat xizmatchilarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Seminarda «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonuning 12 va 13-moddalarida davlat fuqarolik xizmatchisining asosiy majburiyatlari hamda cheklovlar to‘g‘risida tushuntirildi.

Shuningdek

More From Author