Forish tumanida obodonlashtirish ishlari…

Estimated read time 1 min read

Forish tumanida 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da tumandagi mahallalarda obodonlashtirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish borasidagi ishlar boshlab yuborildi. Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 avgustdagi 435-sonli qaroriga muvofiq mahallaning 15 kilometrlik ichki yo‘llariga qum-shag‘al yotqizib tekislash ishlari belgilangan. Buning uchun respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Shuningdek mazkur mablag‘ hisobiga mahalla hududidagi 2 ta ko‘prik rekonstruksiya qilinadi.
Ayni kunlarda Forish tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar mahalla hududidagi Ko‘shkaksoy qishlog‘ida 0,8 kilometr, Qizilqishloq qishlog‘ida 0,9 kilometr joyga qum-shag‘al to‘kilib tekislandi.Ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

You May Also Like

More From Author