Jizzax viloyat avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi

Dekabr 5, 2022

Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Matbuot xizmati YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali “G‘ALLAOROLDAN SARDOR UMIRZAQOVGA MUROJAAT” ( www.youtube.com/watch?v=-z68LPSTzL8) sarlavhasi ostidagi maxalliy ahamiyatga ega 4K 237 “M-39 avtomobil yo‘li-Lalmikor temiryo‘l bekati-Oqtosh” avtomobil yo‘lining  12-30 km oralig‘ini ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab qilingan videomurojaat yuzasidan  quyidagilar ma’lum qiladi:

Mazkur murojaat Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari va G‘allaorol tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi guruhi tomonidan  o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, murojaatda ko‘rsatilgan Umumfoydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega  4K 237 “M-39 avtomobil yo‘li- Lalmikor temiryo‘l bekati-Oqtosh” avtomobil yo‘liga G‘allaorol tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi  tomonidan xizmat ko‘rsatiladi va ushbu avtomobil yo‘lida 2022 yilda joriy ta’mirlash  ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan  0-12 km qismidagi mavjud mayda chuqurchalarni asfalto-beton qorishmasi bilan tamirlash ishlari hamda  12-13 km qismida shag‘al yotqizish ishlari bajarilgan.

Hozirgi kunda ushbu yo‘lning 13-38 km oralig‘idagi qatnov qismlari ta’mirtalab bo‘lib, yo‘lning tamirtalab ushbu qismidagi nosozliklar 2023 yil uchun belgilangan Dastur doirasida ajratiladigan mablag‘lar  hisobidan bosqichma-bosqich bartaraf etilishi ta’minlanadi.