Shu mavzuda Yangiobod tuman hokimiyatida tuman Adliya bo‘limi boshchiligida Yangiobod TYFUK yuriskonsulti A.Mamanazarov , ishtirokida hamda tuman xududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar qatnashuvida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini anglash, ushbu jarayonda ishtirok etish tadbirkor va fuqarolarning huquqiy madaniyati yuqori bo‘lishi haqida tushuncha berildi,shuningdek, jamiyatning har bir a’zosi o‘z huquq va burchlarini hamda mas’uliyatini puxta bilishi, buni hayotiy ehtiyoj sifatida bilishi, fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri mamlakat hayotiga, yangilanishlarga mos ravishda o‘zgarib borishi huquqiy madaniyat tushunchalari berildi



