Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligining bir guruh mas’ul xodimlari hamda Jizzax viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida «Sog‘lom turmush tarzi — Sog‘lom xayot garovi» shiori ostida targ‘ibot tushuntirish yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilganlarga shifokorlar sog‘lom turmush tarzi qay tarzda olib borilishi, qanday qilib sog‘lom xayot kechirish mumkinligi, xayotimizdagi zararli odatlar va iste’mol qilayotgan turli kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olgan maxsulotlar to‘g‘risida atroflicha tushuntirib o‘tishdi. Yig‘ilish so‘nggida qator ko‘nggilli xodimlar «kichik tibbiy ko‘rik»dan ham o‘tishdi.