Telegram ijtimoiy tarmog‘i (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari/10950) orqali tarqalagan murojaat bo‘yicha Jizzax Avtomobil yo‘llari Bosh Boshqarmasi MATBUOT XIZMATI quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur murojaat Sharof Rashidov tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, murojaatda ko‘rsatilgan umumfoydalanuvdagi 4R 23d «M39 avtoyo‘lidan Jizzax sh.ga» (990km) avtomobil yo‘lining yon qismi (obochinasi) kovlanishi oqibatida yuzaga kelgan tuproq yo‘lning qatnov qismiga chiqib qolishi tufayli, mashinalar qatnovi natijasida chang ko‘tarilgan. Bu esa o‘z navbatida mahalliy aholiga noqulaylik tug‘dirgan. Sharof Rashidov TYFUK yo‘lsozlari tomonidan tezkor ravishda bundayin noqulaylikni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Jumladan, Greyder texnikasi yordamida asfalt qoplamasi tuproqdan tozalanib, «Suv sepuvchi mashinalar» tomonidan tuproqdan yuvib tozalash ishlari bajarildi.