Rasmiy_Munosabat

Estimated read time 1 min read

Telegram ijtimoiy tarmog‘i (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari/11125) orqali tarqalagan video murojaat bo‘yicha Jizzax Avtomobil yo‘llari Bosh Boshqarmasi MATBUOT XIZMATI quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur murojaat Sharof Rashidov tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.Murojaatda ko‘rsatilgan umumfoydalanuvdagi 4K231a «Jizzax sh-Gagarin» avtomobil yo‘lining 4 km +400 da yo‘lning tabiiy cho‘kishi oqibatida yuzaga kelgan chuqur Sharof Rashidov TYFUK yo‘lsozlari tomonidan tezkor ravishda yehtimoliy halokatlarni oldini olish maqsadida vaqtinchalik «frez massa» bilan qoplandi. Hurmatli hamshaharlar bu ASFALT emas! Keltirilgan noqulaylik uchun uzur so‘ragan holda, yana shuni ma’lum qiladiki, yo‘lning ushbu qismi qisqa muddatda asfaltlashtiriladi.

You May Also Like

More From Author