Rasmiy munosabat

Jizzax viloyat avtomobil yoʼllari bosh boshqarmasi matbuot xizmati @SizdanTelegram© | Yangi O’zbekiston telegramm kanalida qilingan nashrga (t.me/sizdantelegram/39748) rasmiy munosabat bildiradi.
Umumiy foydalanishdagi Zafarobod tuman xududidan oʼtuvchi Davlat axamiyatidagi 4R-37 «Jizzax sh,- Chimqoʼrgʼon Q.-4R-36» a/yoʼli. (14-40km) 1970 yillarda qurilgan boʼlib, 8-10 tonna yuk tashish avtomobillariga moʼljallangan. Davlat axamiyatidagi 4R-37 «Jizzax sh.-Chimqoʼrgʼon Q.-4R-36» a/yoʼli. 22-40km oraligʼidagi avtomobil yoʼllari 2010 yil Sardoba suv ombori qurilishiga xarsangtosh materiallarini tashish uchun 25-40 tonnalik yuk tashuvchi avtomobillar oʼtishi natijasida va bundan tashqari Zafarobod tuman xududida 2 ta yirik sement zavodi va bir nechta qurilish materiallarini kazib oluvchi karerlar mavjud boʼlib, ulardan olib chiqilayotgan qurilish materiallari ogʼir vaznli 40-90 tonnalik yuk avtomashinalari ser qatnovligi sababli avtomobil yoʼllari taʼmir talab xolatga kelib qolmokda.
Joriy yilda 4R-37 «Jizzax sh -Chimqoʼrgʼon Q.-4R-36» avtomobilь yoʼlida (14-40km) 3,3 ming m2 (304 tn) asafaltabeton qoplamasi yotqizilib chuqurchalarini (Yamalar) yamash ishlari xamda yoʼl choʼkkan joylarini qum-shagʼal aralashmasi (QShА) yordamida toʼldirish ishlari bajarilgan.

Jizzax viloyat
Аvtomobil Yoʼllari
Bosh Boshqarmasi
Matbuot xizmati

Shuningdek

More From Author

+ There are no comments

Add yours