8 ta viloyatda 16-martgacha kuchli shamol va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Estimated read time 2 min read

foto: xabar.uz

O‘zbekiston hududiga 10—16-mart kunlari Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan “O‘zgidromet” shoshilinch axborot e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 11—16-martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 12-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 13-martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

14-martda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 15—16-martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 10—16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

  • 10-mart va 13—16-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida 17—22 metr/sekundgacha;
  • 11—12-mart va 15—16-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17—22 metr/sekundgacha, momaqaldiroq paytida 25—28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, 11—13-mart kunlari A-373 Toshkent—O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovoni xududida vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 20—23 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

“O‘zgidromet” 11—15-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfidan ogohlantirdi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi mart oyi boshidan buyon saqlanib qolmoqda. “O‘zgidromet” beqaror ob-havo ish haftasining oxirigacha saqlanib turishini prognoz qilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning 18—16-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan.

manba: daryo.uz

You May Also Like

More From Author