14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Institut jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang! Barchani Yo’lchilar jamoasi nomidan Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! Bayramingiz muborak vatan himoyachilari !!!
14-Yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan Jizzax viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi hamda tizim tashkilotlari tomonidan Jizzax shahridagi motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yilib xurmat bajo keltirildi.
+ There are no comments
Add yours