Jizzax viloyat avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi

Jizzax shahrida 210 metrli yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni qurilish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va tabiiy gaz ta’minotiga oid loyihalar bilan tanishdi.

Toshkent viloyatida savdo va servisni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. Shu bois avtomobil yo‘llarini kengaytirib, yo‘l bo‘yi xizmatlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘lini ta’mirlash loyihasi ulardan biri. Ma’lumki, bu yo‘l juda serqatnov bo‘lib, bir kecha-kunduzda 60-65 ming avtotransport harakatlanadi. Shu bois uning 10 kilometr qismini ta’mirlash, 5 dona yerosti o‘tish yo‘lagi va qo‘shimcha mahalliy yo‘llar qurish mo‘ljallangan.

Poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasini 6 tasmali etib kengaytirish, uning ikki chetida ko‘p qavatli uy va xizmat ko‘rsatish binolari qurish, Jizzax shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida 210 metrli yo‘l o‘tkazgich barpo etish bo‘yicha ham loyihalar rejalashtirilgan.