Umumfoydalanishdagi mahalliy ahamiyatdagi 4K-251 “O’smat sh – Turon Q” avtomobil yo’lining 3 km qismida yangi ko’prik foydalanishga topshirildi

Estimated read time 1 min read

Umumfoydalanishdagi mahalliy ahamiyatdagi 4K-251 “O’smat sh – Turon Q” avtomobil yo’lining 3 km qismida yangi ko’prik foydalanishga topshirildi. Eski mavjud ko’prik 2018-2019 yillarda tabiiy ofatlar natijasida zarar ko’rgani sabab, transport vositalarini o’tkazish qobiliyatini yo’qotgan edi. Ushbu yangi qurilgan ko’prik tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish manzilli dasturi asosida Respublika byudjeti mablag’lari hisobidan ajratilgan qariyb 4,5 mlrd so’m mablag’ hisobiga qayta qurilib bitkazildi. Eski ko’prikning uzunligi 42 metr va eniga 5 metrni tashkil qilar edi, hozirda esa bu ko’rsatkichlar sezilarli oshib, o’tish qismi eniga 13 metr bo’lib, shundan qatnov qismi 10 metr va ikki yonda 1,5 metr piyodalar yo’lagi ega, uzunligi esa 64 metrni tashkil etdi. Ushbu loyiha Baxmal tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi bosh pudratchiligida amalga oshirilib, 100 tonna yuk ko’tarish quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy konstruktsiyalar asosida bunyod etildi.

You May Also Like

More From Author