3-dekabr «Xalqaro nogironlar kuni»munosabati bilan Jizzax viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi va Jizzax viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqaramasi, viloyat avtomobil yo’llari kasaba uyushmasi, barcha viloyat yoʼlchilari nomidan Jizzax shahrida joylashgan Nogironligi bor bolalar uchun mo’ljallangan 32-sonli maxsus internatiga homiylik qilindi
Bolajonlarga tushlik bayram dasturxoni tashkil qilib berildi, Jizzax viloyat avtomobil yo’llari kasaba uyushmalari raisi Xudayberdiyev Bektemir aka so’zga chiqib viloyat yo’lchilari nomidan yo’llangan iliq tilaklarni yetkazdi. Shuningdek, viloyatdagi tizim yo’l korxonalardagi mehnat qilayotgan va qilgan nogironligi bor xodim va ishchilar, yolgʼiz keksalardan xabar olinib ularga sovg’alar berildi.
Jizzax shahrida joylashgan Nogironligi bor bolalar uchun mo’ljallangan 32-sonli maxsus internati
Zomin tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan «Muruvvat uyi» , Oʼzbekiston mehr-shavqat va salomatlik jamoat fondining Zomin tumani hududiy muassasasi fondiga homiylik qilinib, nogiron va keksalardan xabar olindi.