Yo‘l qurilishiga sarflangan mlrdlar talon-toroj qilinmasligi uchun nazorat platformasi tashkil etiladi

Estimated read time 2 min read

O‘zbekistonda yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlariga sarflangan pulni nazorat qilish uchun “Shaffof Yo’l” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi. Bu haqda Prezidentning umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “Yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasi sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida so‘z boradi.  

Ushbu platformada quyidagilar aks etadi:

  • avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha barcha davlat dasturlari va mahalliy dasturlar bir joyda jamlanadi;
  • qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilgan yo‘llarning barchasi onlayn-xaritada yaqqol ko‘rinib turadi;
  • shu xaritaning o‘zida qurilish yoki ta’mirlashni amalga oshirayotgan tashkilot, sarflanayotgan mablag‘, bajarilgan ishlarning ahvolini bevosita kuzatib borish imkoni paydo bo‘ladi;
  • yo‘l jamg‘armalarining barcha tushumlari real vaqt rejimida platformada “onlayn-hisoblagich”da ko‘rinib turadi. Masalan, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazganda yo‘l jamg‘armasiga to‘langan mablag‘ qayerga ketganligini shu zahoti bilib olsa bo‘ladi;
  • aholida yo‘llar nosozligi, harakatlanish uchun paydo bo‘lgan muammolar haqida foto va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati paydo bo‘ladi. 

Shuningdek, har yili 1 dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari viloyat, tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda keyingi yilda qurilishi, ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan barcha toifadagi yo‘l uchastkalarini oldindan aniqlash, ularni xaritaga joylash va buni keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda yo‘l va ko‘prik qurilishi sohasida byudjetdan ajratilgan pullarni o‘zlashtirish holati bo‘yicha 40 ga yaqin jinoyat ishi ochilgani va ularda 11,5 mlrd so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilingani fosh etilgan.

Ushbu web sayt Jizzax viloyat avtomobil yo’llari boshqarmasi rasmiy sayti bo’lib, hozirda test rejimida ishlamoqda !

You May Also Like

More From Author

1 Comment

Add yours

Comments are closed.